Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari Umidjon Salimov «Özagrotexsanoatxolding» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz’ga xolding matbuot xizmati xabar berdi.

U bu lavozimda 2018 yildan buyon işlab kelayotgan Olimjon Xudaynazaroviç Saparov örnida iş boşlagan.

Umidjon Salimov 2011-2013 yillarda «Özavtosanoat» AJ boşqaruv raisi örinbosari bölgan, 2013-2017 yillarda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari bölib işlagan, 2017 yil aprelida «Özavtosanoat» AJga qaytgan va boşqaruv raisining texnika siyosati va mahalliylaştiriş masalalari böyiça örinbosari sifatida iş boşlagan, öşa yilning avgustida «Özavtosanoat» AJ raisiga aylangan, ammo 2018 yilning iyunida lavozimdan olinib, köp vaqt ötmasdan «Özavtosanoat» AJ boşqaruv raisining rivojlantiriş va marketing böyiça örinbosari sifatida kompaniyaga qaytgandi. 

U 2019 yil yanvarida Iqtisodiyot vazirligi örnida qayta taşkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Bundan avvalroq Nodir Sobiroviç Otajonov Özbekiston Respublikasi Boş vaziri maslahatçisi - «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlangani xabar qilingandi.