17:54 / 07.01.2020
1
28371
ShHT Yaqin Sharqdagi vaziyat borasida tomonlarni bosiqlikka chaqirdi
Vladimir Norov/Foto: RIA Novosti

Shanxay hamkorlik tashkiloti Yaqin Sharqda vujudga kelgan vaziyat yuzasidan tashvish bildiradi va tomonlarni maksimal darajada bosiq bo‘lishga chaqiradi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Vladimir Norov Eronning Xitoydagi elchisi Muhammad Kashovarz-Zoda bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ma'lum qildi.

"Mintaqada sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan tashvish bildiramiz va barcha tomonlarni ushbu nizoni hal qilishning eng qulay siyosiy-diplomatik yo‘lini topish hamda Yaqin Sharqdagi keskinlik yanada kuchayib ketmasligi uchun maksimal darajada bosiq bo‘lishga chaqiramiz", - dedi Norov.

Norov ShHT xalqaro munosabatlarda har qanday kuch ishlatishga qarshi ekanligini ta'kidlar ekan, suverenitet va hududiy yaxlitlikni hurmat qilish BMT nizomining asosiy tamoyili ekanligini eslatib o‘tdi.

Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar Bag‘dod aeroportida Eron generali Qosim Sulaymoniy amerikalik harbiylar tomonidan o‘ldirilganidan so‘ng keskinlashdi. Tehron Vashingtondan buning uchun qasos olishini bildirdi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top