10:00 / 08.01.2020
2
66902

«O‘zbekneftgaz»da yana rahbar almashdi

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruviga yangi rais tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelgan Bahodir Bahromovich Siddiqov boshqa ishga o‘tgan.

Bahodir Siddiqov

Shu munosabat bilan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. 

Mehriddin Abdullayev

Tayinlovga qadar Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan

Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanguniga qadar Buxoro viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan. Undan avval esa - 2016 yilning mart oyidan 2017 yilning yanvar oyiga qadar viloyat hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Undan oldinroq O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Siddiqov 2019 yilning 14 fevral kuni «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlangandi

Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz»ning so‘nggi 15 oy ichidagi to‘rtinchi rahbari bo‘ldi. Kompaniyaga 2018 yil sentabrigacha Alisher Sultonov, 2018 yil sentabridan 2019 yil fevraligacha Bahrom Ashrafxonov, 2019 yil fevralidan 2020 yil yanvarigacha Bahodirjon Sidiqov rahbarlik qilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top