08:14 / 11.01.2020
0
9476
Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sish prognozini 5,7 foizgacha oshirdi
Foto: AP Photos/Susan Walsh

2020 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,7 foizni tashkil etadi. Bu haqda «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida aytilgan.

2019 yil iyun oyida Jahon banki 2020 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilgandi.

Bank mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti iyun oyidagi 5,3 foizlik prognozga nisbatan 5,5 foizga o‘sdi.

Shu bilan birga, Jahon banki 2021 yilda O‘zbekistonda YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 6 foiz darajasida saqlab qoldi. 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti, bank tahlilchilarining taxminlariga ko‘ra, 6 foizga o‘sadi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top