15:18 / 21.01.2020
0
24187
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ilgari surdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma'ruza qilyapti.

Ma'lumki, Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taklif etiladi. 

Shundan kelib chiqib, yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi majlisida prezidentga bosh vazir lavozimiga nomzod taklif etildi.

Mamlakat prezidenti Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri lavozimiga ilgari surdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top