Taşrif doirasida 1 mart kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov  Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qömitasi siyosiy byurosi a’zosi, Şinjon-Uyğur avtonom rayoni partqömi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazdi.

Özbekiston va Xitoy örtasidagi döstona hamda köp qirrali şeriklik munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotgani, bunda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinping örtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik riştalari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Ötgan 2023 yilda Özbekiston-Xitoy örtasida savdo körsatgiçlari rekord darajaga – qariyb 14 milliard dollarga yetdi. Yaqin kelajakda uşbu körsatkiçni 20 milliard dollarga yetkaziş uçun hali işga solinmagan juda köp imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosini ta’minlaş, zamonaviy texnologiya, uskunalarni import qiliş hamda töqimaçilik, mis, mineral öğitlar, qişloq xöjaligi va boşqa turdagi mahsulotlarni eksport qiliş, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yanada faollaştiriş masalalari muhokama qilindi.