21:04 / 27.01.2020
1
22710
Video: Toshkentda «hokim topshirig‘i bilan» qoida buzgan Crafers haydovchisi ishdan haydaldi

Shu kunlarda «Toshkent» telekanalida «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvi namoyish etildi.

Ko‘rsatuvning 2019 yil dekabr oyidagi sonini tasvirga olish jarayonida jurnalist va operator Toshkentdagi Qoratosh va Samarqand darvoza ko‘chalari kesishmasidagi mashinalar harakatiga xalaqit qilib, transportini yo‘l yoqasida to‘xtatgan Malibu haydovchisini payqashgan.

Crafers reklamasi yopishtirilgan avtomobil haydovchisi, shu kompaniya xodimi bo‘lgan Abror Sh. OAV vakillaridan kim va nima uchun tasvirga olayotganini so‘ragan. Qo‘pol munosabatda bo‘lgan, shuningdek, yolg‘on ma'lumot bergan.

«Bu — reklama. Archaga yaqinroq turishi kerak. Shahar hokimi Jahongir aka Ortiqxo‘jayev buyrug‘i bilan kelganman», deya jurnalistga o‘shqirgan haydovchi.

Birozdan so‘ng u mashinaga o‘tirib, voqea joyidan ketib qolgan.

Crafers kompaniyasi matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan izoh berib, haydovchi ishdan bo‘shatilganini ma'lum qildi.

«O‘zbekistonda qonunlar ustuvor va ularga barcha fuqarolar amal qilishi lozim. Shu o‘rinda, yuzaga kelgan tushunmovchilik va noqulayliklar uchun korxonamiz nomidan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top