13:38 / 30.01.2020
0
13546
Kuchli shamol AQSh va Meksika chegarasidagi «Tramp devori»ning bir qismini ag‘darib yubordi

AQSh va Meksika chegarasida qurilayotgan devorning bir qismi kuchli shamol natijasida ag‘darilib tushdi, deb xabar berdi The Guardian nashri.

Chegarachilarning ma'lumot berishicha, shamol devor bo‘laklarini Meksika tomonga uchirib ketgan.

"Yaxshiyamki, Meksika hukumati zudlik bilan chora ko‘rdi va yaqin-atrofdagi ko‘chada yo‘l harakatini to‘xtatdi", - dedi chegara xizmati vakili Karlos Pitones.

Pitonesning so‘zlariga ko‘ra, devor bo‘laklari yig‘ib olingan va joyiga qaytarilgan.

Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish doirasida Meksika bilan chegarada devor qurilishi Donald Trampning 2016 yildagi saylovoldi kurashlarida bergan va'dalaridan biri edi. Avvaliga beton devor qurilishi rejalashtirilgandi, ammo keyinroq Tramp po‘latdan to‘siq qurilishiga rozilik berdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top