08:09 / 06.02.2020
0
27067
Xitoydan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar bo‘lgan uchinchi samolyot Toshkentga qo‘ndi

Joriy yilning 6 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 4:40da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Pekindan Toshkentga charter reysi yetib keldi

Foto: uzreport.news

Samolyotda Xitoydan yana bir guruh o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi. Kema bortida 260 nafarga yaqin fuqaro bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

Bu samolyot yo‘lovchilari ham koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Xitoydan olib chiqib ketish uchun uchta charter reysni tashkil etdi - ikkitasi Pekinga (pullik) va bittasi Uxanga (bepul). Ulardan ikkitasi 4 va 5 fevral kunlari Toshkentga qo‘ndi. 

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top