Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Xitoydan Özbekiston fuqarolarini olib uçgan samolyoti bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:42da Toşkent aeroportiga yetib keldi.
Samolyotda Uxandan evakuatsiya qilingan 84 nafar yölovçilar, ekipaj a'zolari, şuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari vatanga olib kelindi.
Bu samolyot yölovçilari ham koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.

«Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan samolyotdagi yölovçilarni tibbiy körikdan ötkaziş, ularning ust-boşi hamda yuklarini töliq zararsizlantiriş çoralari körilmoqda. Şundan söng ularni maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasiga joylaştiriş közda tutilgan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Taşqi işlar vazirligidan ma'lum qilişlariça, Qozoğiston tomonining söroviga binoan, mazkur samolyot bortida 79 nafar özbekistonlikdan taşqari 5 nafar Qozoğiston fuqarosi ham Xitoydan ortga qaytgan. Ular ham karantin davrida maxsus jihozlangan tibbiyot muassasalarida böladi.

Yölovçilarning vaqtinça turar joy markazida bölişiga oid savol uçun Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining boş ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling: +998 (71) 276-49-66.
4 fevral kuni Özbekiston Xitoydan 250 nafar fuqarosi evakuatsiya qilgandi. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi uşbu fuqarolarda koronavirus aniqlanmaganini













