Bugun, 4 fevral kuni Toşkent vaqti bilan soat 17:21da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining charter reys orqali Özbekiston fuqarolarini Xitoydan evakuatsiya qilgan samolyoti Toşkent xalqaro aeroportiga qöndi. 

Samolyotda 250 nafar yölovçi, ekipaj a'zolari, şuningdek, tibbiyot xodimlari zamonaviy himoya vositalari bilan ta'minlangan virusologiya sohasi mutaxassislari Pekindan olib kelindi.

Foto: Taşqi işlar vazirligi 

«Charter reysga Soğliqni saqlaş vazirligi Virusologiya ilmiy tekşiriş institutining yuqumli kasalliklar böyiça tajribali mutaxassis va epidemiolog-şifokorlari hamrohlik qilişdi. Ular tomonidan evakuatsiya qilingan yölovçilar samolyotga çiqiş paytida dastlabki tibbiy körikdan ötkazildi. Lozim bölganda zarur tibbiy yordam körsatiş va parvoz paytida biologik xavfsizlikni ta'minlaş uçun barça zarur vositalar taqdim etildi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Xitoydan olib kelingan vatandoşlarimiz koronavirusning Özbekistonga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta'minlaş hamda aholi salomatligini muhofaza qiliş maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylaştiriladi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Xitoydan olib kelinayotgan fuqarolarimiz ikki hafta davomida xalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qat'iy karantin holatida saqlanadi. Şu davr yakuniga qadar harorati kötarilgan yoki boşqa kasallik alomatlari yuzaga kelganda zudlik bilan alohidalaş, maxsus laboratoriya tekşiruvidan töliq ötkaziş hamda davolaş işlarini standartlar böyiça olib boriş uçun barça zarur çoralar körilgan. Şu davrda ularning oila a'zolari bilan uçraşişi taqiqlanadi. Yaqinlari bilan faqat maxsus telefon aloqasi orqali muloqot qilişi mumkin böladi.

Taşkil etilgan vaqtinça karantin muassasalarida yuqumli kasalliklar böyiça malakali virusolog, epidemiolog va boşqa yetakçi şifokor-mutaxassislar iş olib borişadi. Ular xavfli infeksiyalarga qarşi kuraşda taşxis qöyiş, davolaş hamda karantin tadbirlarini taşkillaştiriş tajribasiga ega. Şifokorlar karantin muassasasida belgilangan muddat yakuniga yetgunga qadar faoliyat olib borişadi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi  Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi