Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tataristonda vertolyot qulashi oqibatida davlat dumasi deputati halok bo‘ldi
Tataristonda vertolyotning qulashi oqibatida Rossiya davlat dumasi deputati Ayrat Xayrullin halok bo‘ldi.
Foto: TASS /Sergey Fadeichev
Bu haqda “Interfaks” axborot agentligiga vaziyatdan xabardor manba ma'lum qilgan.
Bell 406 vertolyoti Tataristonning Laishevo shahri yaqinida falokatga uchragan. “Vostok Trans” kompaniyasiga tegishli vertolyotda 3 kishi bo‘lgan.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2 kishi, jumladan uchuvchi og‘ir jarohat olgan. Xayrullin familiyali bir yo‘lovchi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan”, deb ma'lum qilgan manba.
Dastlabki taxminga ko‘ra, falokatga yomon ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan.
50 yoshli Ayrat Xayrullin “Yedinaya Rossiya” partiyasi a'zosi bo‘lgan. 2008 yildan boshlab Rossiya, Belarus va boshqa davlatlardan 200 taga yaqin kompaniya kirgan Milliy sut ishlab chiqaruvchilar ittifoqiga (Soyuzmoloko) rahbarlik qilgan. Xayrullin davlat dumasida agrar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:05 / 17.12.2025
Germaniya: yangi dengiz vertolyoti suvosti kemalariga qarshi kurashni kuchaytiradi
07:24 / 11.12.2025
Vertolyotlar eksporti: bozordagi asosiy o‘yinchilar kimlar?
13:41 / 02.12.2025
Saida Mirziyoyeva Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi
18:16 / 12.09.2025