13:15 / 10.02.2020
0
9450

Samarqandda 40 nafardan ortiq fuqaroning yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li vosita rasmiylashtirib olindi 

Samarqandda 40 nafardan ortiq fuqaroning yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li vositalar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi 

Foto: IIB axborot xizmati

“Huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi” doirasida Samarqand viloyatining barcha shahar-tumanlarida uzluksiz tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shahar-tumanlardagi mahallalar hamda ko‘chalardagi har bir xonadonlarga birma-bir tashrif buyurilib, fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Fuqarolarning yonida o‘tkir tig‘li vositalar olib yurmasliklari, jamoat joylarida yurganlarida jamiyatda yurish-turish qoidalariga qat'iy amal qilishlari, oilaviy janjallarga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik hamda ular ta'sirida yurmaslik, jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng qamrovli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tadbirlar natijasida 40dan ortiq fuqarolarning yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li vositalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib olinib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, huquqiy maslahatlar berilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top