Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. Plenum a'zolari ilk bor sudyalik mantiyasida ishtirok etdi
2020 yil 21 fevral kuni Oliy sud Plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. Plenum a'zolari O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba yig‘ilishda Senat qarori bilan tasdiqlangan sudyalik mantiyasida ishtirok etdi.

Foto: Oliy sud axborot xizmati
Oliy sud raisi K. Komilov boshqargan majlisda Plenumning “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta'minlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokama qilindi. Ushbu qaror loyihasi sudlar tomonidan mazkur masalaga oid qonun hujjatlarini bir xilda qo‘llanilishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka o‘z vaqtida va obektiv axborot berish jamiyatda huquqiy xabardorlik darajasi oshishiga imkon yaratadi, odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolati hisoblanadi, sudlov faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash va sudga nisbatan jamiyat ishonchini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Sudlar sud muhokamasi oshkoraligi va sudlar faoliyatiga doir axborotni olish huquqini amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratishlari lozim.

Sud muhokamasi oshkoraligini, fuqarolar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari vakillarining sudlar faoliyatiga doir axborotdan xabardorligini ta'minlash Konstitutsiya, “Sudlar to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, tegishlicha, Fuqarolik protsessual kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Sud muhokamasi oshkoraligi, sudlar faoliyatiga doir axborotni olish fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilishi va sudlov faoliyatiga biron bir tarzda aralashishga olib kelmasligi lozim, chunki Konstitutsiyaning 112-moddasiga ko‘ra sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.

Bundan tashqari, majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ta'kidlanganidek, Plenumda muhokama etilgan masalalar juda dolzarb hamda ahamiyatlidir.
Mazkur Plenum qarorlarining qabul qilinishi sudlar faoliyatida ochiq-oshkoralik, shaffoflik va qonuniylikni ta'minlashga, ta'sirchan jamoatchilik nazoratini shakllantirishga hamda sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan ishlarni ko‘rishda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta'minlashga qaratilgan.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

11:59 / 28.06.2025
Oliy sud elektr ta’minotidagi muammolar sababli interaktiv xizmatlarini vaqtincha to‘xtatdi

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

20:07 / 22.04.2025