15:12 / 28.02.2020
0
14976

Mo‘g‘uliston prezidenti Xitoyga tashrifidan so‘ng karantinga joylashtirildi

U Xitoyga safari vaqtida bu mamlakatga 30 ming qo‘yni yordam sifatida taqdim etgandi.

Foto: Xinhua/Liu Bin

Prezident Ulan-Batordagi klinikalardan biriga, unga hamrohlik qilgan vazirlar, maslahatchi va harbiylar Xan-Uul rayonidagi sanatoriyga karantinga joylashtirilgan.

Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga Xitoyga bir kunlik tashrifini yakunlaganidan so‘ng 14 kunlik karantinga joylashtirildi. Bu haqda Monsame agentligi xabar berdi.

Battulga mamlakatga 27 fevral kuni qaytgan. U va delegatsiyaning boshqa a'zolaridan koronavirusga tahlil olingan. 

Keyin prezident Ulan-Batordagi klinikalardan biriga, unga hamrohlik qilgan vazirlar, maslahatchi va harbiylar Xan-Uul rayonidagi sanatoriyga karantinga joylashtirilgan.

Xitoyga tashrifi chog‘ida Mo‘g‘uliston prezidenti mamlakat uchun hozirgi og‘ir sharoitda ko‘mak sifatida 30 mingta qo‘y sovg‘a qilgan

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top