08:22 / 29.02.2020
6
41081
«Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish». Vazir soch uzunligi o‘lchangan o‘quvchilar voqeasiga munosabat bildirdi

Sherzod Shermatov o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayotganiga oid fotosuratlarga munosabat bildirdi

Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayotganiga oid fotosuratlar e'lon qilingandi. 

O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov ushbu fotosuratlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarish…

Afsuski, shu maqolning ma'nosi bugungi ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni sochini chizg‘ichda o‘lchashga bog‘liq holatni yaxshi tasvirlasa kerak. Hech qaysi topshiriqda bolalarni sochini chizg‘ichda o‘lchab, rasmga olib, telegramda tarqatish kerak deb yozilmagan. Kimdir qayerdadir juda qattiq ishlayotganini ko‘rsatish uchun shunday qilgan, shekilli…

Qani endi, ta'lim sifatini yaxshilash va o‘z malakasini oshirish bo‘yicha Qarorlarni shunchalik jon kuydirib ijro etishsa joylarda…”, - deb yozadi vazir.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq, Xalq ta'lim vazirligi ushbu fotosuratlar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, o‘quvchilarning sochini o‘lchash yoki ularning tashqi ko‘rinishini tekshirish bo‘yicha hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga hech qanday topshiriq berilmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top