Öquvçilarning ölimi

Jizzaxning Ğallaorol tumanida sodir bölgan voqeada, Chevrolet Gentra avtomaşinasining baxmallik 26 yoşli haydovçisi 2023 yilning dekabr oyidan buyon belgilangan tezlikni oşiriş bilan boğliq 11 ta qoidabuzarlik sodir etgani e’tiborga molik.

Şunga qaramasdan, u Oqtom mahallasi hududidan ötgan, tezlik soatiga 70 kilometr bilan çegaralangan Ösmat-Baxmal avtomobil yölida qoidalarga zid ravişda tezlikni 100 km/h’gaça oşirgan va maşina boşqaruvini yöqotişi tufayli yöl çetidan maktabga ketayotgan ikki nafar öquvçini urib yuborgan. Oqibatda 5- va 7-sinflarda öqiydigan öquvçilar oğir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida sodir bölgan voqeada Damas urib yuborgan öquvçi halok bölgan. 1-sinf öquvçisi, maktabdagi maşğulotlarini yakunlab, öz uyi yaqinidagi piyodalar yölakçasidan ötayotganda yuqori tezlikda kelayotgan Damas maşinasi uni urib yuborgan.

Jarimalar ta’sirsiz

Aslida, mening fikrimça, aynan jarimalarning va belgilangan jazolarning yetarli emasligi yöllardagi ölim miqdorini kamaytirmayapti. Öpkasini qöltiqlab gazni bosadigan haydovçilarni hovuridan tuşira olmayapti.

Yölda çeklangan tezlikdan ortiq haydab, odam ölimiga sabab bölgan ayrim haydovçilar qamoq jazosidan ham qutulib qolişyapti. Bu esa bunday mudhiş avariyalar aslida arzimagan baxtsiz hodisa, degan tuşunça şakllanişiga olib kelmoqda.

Samarqandning Toyloq tumanida sodir bölgan voqeaga e’tibor bering. Yoş haydovçi «zebra» ustidan yurib ötayotgan keksa odamni maşinasida urib öldiryapti. Sudda marhumning qarindoşlari «ölgan öldi, yoş yigitning umri qamoqda xazon bölmasin», deb da’vosi yöqligini bildirgan. Sud haydovçiga ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlagan. Anavi yigit 6 oydan söng yana bir odamni maşinasida urib öldirgan.

Agar u birinçi qilmişidayoq qamalganida, yana bir odam ölib ketmas edi.

Ayni paytda Jinoyat kodeksining 266-moddasining 1- va 2-qismida nazarda tutilgan qilmiş ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat sifatida qaraladi. Şu boisdan ham, ularga belgilangan jazolar nisbatan yengil.

Kodeksga mast holda avtomobil boşqarib, odam/lar ölimiga yoki boşqa oğir oqibatlarga olib kelgan jinoyatni sodir etsa buni «qasddan sodir etilgan» qilmiş sifatida malakalaşni nazarda tutuvçi özgartiriş kiritiş kerak.