Özbekiston Xalq ta'lim vazirligi uşbu fotosuratlar böyiça öz munosabatini bildirdi.
Qayd etilişiça, öquvçilarning soçini ölçaş yoki ularning taşqi körinişini tekşiriş böyiça hududiy xalq ta'limi boşqarmalariga heç qanday topşiriq berilmagan.

Bildirilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan.
Nizomda öquvçining taşqi körinişiga bölgan talablar keltirib ötilgan. Barça ota-onalar va ularning örnini bosuvçi şaxslar öquv yilining boşida uşbu talablar bilan taniştirilgan holda, öquv yili davomida öz farzandining Nizom talablariga mos ravişda umumta'lim maktablariga kelişini ta'minlaşga mas'ul hisoblanadilar, deyiladi vazirlik ma'lumotida.












