Kimyogar Uluğbek Karimov – yoşlarning nega ijtimoiy fanlarga köproq qiziqişi, olim qarşisidagi tösiqlar va yoşlar salohiyati haqida
|21:50 / 08.03.202026 0708 min
Uluğbek Karimov – Özbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo-biologiya bölimi rahbari örinbosari. U bir vaqtning özida Ösimlik moddalari kimyosi institutining alkoloidlar kimyosi laboratoriyasida katta ilmiy xodim sifatida ham faoliyat yuritadi.
Kun.uz muxbiri ilm-fan suhbatlari rukni doirasida Uluğbek Karimov bilan suhbatda bölib, Özbekiston ilm-fanining buguniga oid qator savollarga javob oldi.
«Dastlab, maktab davrida botanika faniga qiziqqan bölsam, keyinçalik ijtimoiy fanlarga ham köproq e'tibor qaratganman, biroq baribir oxirida tabiiy fanlar yönalişi böyiça oliy ta'lim diplomiga ega böldim.
Magistraturaga esa imtiyozli ravişda qabul qilinganman. Keyinçalik Xitoy Fanlar akademiyasi universitetida doktoranturani tamomladim. Şu tariqa hayotim ilm bilan bevosita boğlangan», – deydi olim.
«Boşqaruvdagi faoliyatimdan maqsad – hujjat işlarini kamaytiriş»
– 2014 yil Xitoyda ta'limni tugatib qaytganimdan söng diplomni nostrifikatsiya qiliş muammosiga duç keldim. Bu men uçun katta muammo böldi. Sababi – şunça payt öqib-örganib kelib, hujjatimni tasdiqlatişga qiynalganman.
Öşa paytda taşkiliy böğinda qilinişi kerak bölgan qança işlar borligini his qilganman. Şuning uçun ayni şu böğinda hujjatlar bilan boğliq işlarni ozgina bölsa-da, kamaytiriş uçun harakat qilişni maqsad qilganman.
Aslini olganda, ilmiy-tadqiqot muassasalarimizda fan doktori, professor unvoniga munosib juda köp olimlarimiz bor. Faqat ular hujjat bilan boğliq işlarni bajarişga qiynalişadi.
Lekin, aksinça, olimga imkon qadar erkinlik berilişi kerak. Şunday qilinsa, uning qöyilgan maqsadga erişişi osonlaşadi.
«Bilim darajasi uçun yoşlarni ayblamaslik kerak»
– Bugun köpçilik endi fanga kirib kelayotgan yoşlar salohiyatidan noliydi. Vaholanki, ta'lim ma'lum muddat öz holiga taşlab qöyilgan: talabaning reyting daftarçasiga «3» yoki «4» qöyilgan va uning ilmiy salohiyati haqida unçalik öylanmagan.
Biroq hozir ta'limga ham e'tibor yaxşilanib boryapti. Fan uçun kerak bölgan va vaqt taqozosi bilan vujudga kelgan yangi fanlar Özbekistonga ham kirib kelyapti. Bular öz natijasini beradi, deb umid qilamiz.
Şaroit bölmagan va amaliyotda işlab körmagan yoşlar fan haqida, jarayon haqida mavhum tarzda bölsa ham biladi. Biroq amaliyotda qöllaşga kelganda dovdirab qolişi mumkin. Va oxirida esa öntadan bittasigina eplab keta oladi.
Mavzuga oid
Ana şu holatda olimlar «Yoşlarimizning saviyasi past», deb xavotirlana boşlaşadi. Saviyasi past emas, talab qilinayotgan narsalarni örganişga ularda yetarliça şaroit bölmagan. Yoşlarni ayblaş kerak emas.
Olimni nimalar çeklaydi?
– Moddiyat, ma'naviyat bilan boğliq çeklovlar va hisobotlar, nazarimda.
Fikrimni misollar bilan tahlil qiladigan bölsam, qaysidir fanlarda tadqiqot olib boriş uçun qoğoz, qalam va internet tarmoğiga ulaniş yetarli bölişi mumkin. Biroq kimyo fani tadqiqotlari sarf-xarajat talab qiladi. Bu fan doirasidagi tadqiqotlar uçun turli moddalar, uskunalar kerak böladi.
Tajribada işlatiladigan bitta moddani sotib oliş uçun 80 ming sömdan 100 ming sömgaça talab qilinişi mumkin. Biroq uni sotib olişning ham tartibi bor. Moliya vazirligi qöygan talabga köra, bu kabi kerakli narsalar onlayn platforma orqali sotib olinadi.
Biroq bizga kerakli mahsulot kerakli paytda elektron birjada bölmasligi mumkin. Lekin u boşqa biror joyda savdoda böladi. Bizda esa faqat onlayn platforma orqali sotib oliş mumkin. Şunaqa hollarda ayrim olimlar öz çöntagidan sarflab, tajribasiga kerakli moddani sotib olişadi. Vaholanki, ayrim olimlarda bunga imkoniyat yetmasligi mumkin.
Bu talab tufayli işlarimiz ma'lum muddat töxtab qoladi. Yoki ayrim vaqt kutib turmaydigan tajribalarni butunlay boşdan boşlaşga töğri keladi.
Bundan taşqari, yetakçi olimlarimizning hisobotlar bilan band bölib qolişi ham fandagi çegaralardan biri.
Çoraklik, yarim yillik hisobotlar bekor qilinib, olimga bir yillik talab qöyilişi va öşa talab bajarilişi yoki bajarilmasligiga qarab, çora körilişi tarafdoriman.
Çunki olimga erkinlik berilsa, u közlangan maqsadga erişişi osonroq böladi.
Tösiqning ma'naviy tarafiga kelsak, bu özimiz qöygan tösiqlar. «Kel, şu odamni ranjitmay», deb öylaş yoki qaysidir vazirlik xodimi bölsa, ertaga işim tuşadi, deb öylab jim turiş ham işimizga tösiq böladi. Mana şu ma'naviy tösiq hal bölişi uçun kamida uç avlod almaşişi kerak.
«3 ming xodim işlaydigan akademiyaga yuz nafargina yoş amaliyotçi qabul qilindi»
– Yoşlar ötgan yilidan boşlab bir yillik stajyorlik dasturi asosida jalb etila boşlandi. Belgilangan bu bir yil muddatda magistraturani tugatib kelgan yoş kadr hujjatlar bilan işlaşni, ilmiy maqolalar yozişni va boşqa tartib-qoidalarni örganadi.
Ötgan yilgi stajyorlik dasturi qabulida 3 ming xodim işlaydigan, 30ta institutni birlaştirgan Akademiyaga 100 nafargina amaliyotçi yoş qabul qilindi. Işonçim komil, belgilangan muddat tugagaç, keyingi bosqiçga – doktoranturaga ularning atigi 70 foizi öta oladi xolos.
Nega stajyor 100 nafargina? Keçirasiz-u, 30ta institutda 5tadan laboratoriya bölsa, bu kamida 150ta laboratoriya degani. Ayrim institutlarimizda 10-12talab laboratoriyasi bor.
Bir tomondan harakat qilamiz deymiz-u, moliyaviy va boşqa jihatlar bilan çegaralanib qolganmiz, ikkinçi tomondan esa özimizda bor imkoniyatdan töliq foydalana olmaymiz.
Ayni şu örinda – kadr yetiştiriş yönalişida Fanlar akademiyasiga raqobatçi kerak.
Hozir universitetni tugatgandan söng yo yoşlarning özi akademiyaga keladi, yoki biz ularni taklif qilamiz. Biroq köp hollarda fan içida yurgan olimlarimiz yoşlarning saviyasidan nolişadi.
Agar biz özimizga özimiz kadr yetiştirsak, bu muammo ham yeçilişi mumkin bölardi. Va mana şu örinda akademiya oliy ta'lim bilan raqobatçi böladi. Bu, öylaymanki, yaxşi özgarişlarga sabab böladi.
Olim qanday şaroitda işlaşi kerak
– Olim ta'sirçanroq böladi. Uning işi ijodiy erkinlikdan iborat. Gohida uzoq muddatdan beri qila olmayotgan biror işni juda tez muddatda tugatiş ham mumkin, gohida esa buning teskarisi.
Şuning uçun olim erkinlikda işlaşi kerak, deb öylayman.
[Olimning moddiy şaroiti juda yaxşi bölişi kerak]. Uyidan çiqqanida eşigining tagida limuzin turişi kerak (kuladi).
ÖzFAda senzura yöqligi va Özbekistondagi kaşfiyot uçun çet elda Nobel mukofoti olişgani haqida
– Fanlar akademiyasida ijod erkinligidan söz erkinligigaça senzura yöq. Faqat qaysidir jihatdan: keraksiz narsani gapirib qöymaslik uçun ma'lum talab – senzura qöyilişi mumkin.
Aytaylik, qaysidir masala hal qilinayotgan yoki ustida boş qotirilayotgan paytda u haqida gapirib ötiriş kerak bölmasligi mumkin.
Faqat ilmiy senzura mavjud bölib, ilmiy işni oçiq çop etiş mumkin yoki yöqligini baholab beruvçi ekspert xulosasi olinişi talab etiladi.
Bu narsani qöllab-quvvatlayman: ilmiy iş salohiyatini baholaşda ekspert xulosasi juda yaxşi yordam beradi.
Çunki bizda ilmiy işlanmaning ahamiyatini yetarliça baholay olmaslik tufayli muvaffaqiyatdan bebahra qolgan işlar ham bölgan.
Bizda ham yaxşi işlanmalar va yutuqlar bor. Lekin uning ahamiyatini baholaşga kelganda qiynalamiz.
Javobim oxirida aytişim mumkinki, bizda senzura emas, «özbekçilik» bor, xolos.