Kimyo böyiça 2025 yilgi Nobel mukofoti koordinatsion kimyo böyiça ixtisoslaşgan yapon kimyogari, Kioto universitetidan Susumu Kitagavaga, Melburn universitetidan avstraliyalik Riçard Robson va asli kelib çiqişi iordaniyalik bölgan amerikalik kimyogar, Berklidagi Kaliforniya universitetining kimyo professori Omar Yagiga berildi. Şvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi 8 oktyabr, çorşanba kuni Stokholmda e’lon qilganidek, ular «metalloorganik karkasli tuzilmalarni işlab çiqqani» uçun mukofotga sazovor böldi.

«Kimyo böyiça 2025 yilgi Nobel mukofoti laureatlari gazlar va boşqa kimyoviy moddalar ötişi mumkin bölgan katta böşliqlarga ega molekulyar tuzilmalarni yaratdi. Metalloorganik karkaslar deb ataladigan bu tuzilmalar çöl havosidan suv yiğiş, karbonat angidridni uşlaş, zaharli gazlarni saqlaş yoki kimyoviy reaksiyalarni katalizlaş uçun işlatilişi mumkin», deyiladi press-relizda.

Qayd etilişiça, 1989 yildan buyon uşbu sohada tadqiqot olib borgan Riçard Robson son-sanoqsiz böşliqlar bilan töldirilgan tartibli, uç ölçamli kristallarga öxşaş birinçi molekulyar tuzilmalarni yaratgan. Şu bilan birga, Susumu Kitagava va Omar Yagi uşbu tuzilmalarning barqarorligi va moslaşuvçanligiga erişişga muvaffaq böldi. Nobel kimyo qömitasi raisi Xayner Linke şunday ta’kidladi: "Metalloorganik karkaslar yangi funksiyalarga ega bölgan moslaştirilgan materiallarni yaratiş uçun ilgari tasavvur qilib bölmagan imkoniyatlarni oçib, ulkan salohiyatni taqdim etadi".