11:00 / 18.03.2020
15947
New Medical Technologies MChJ: Limfotropizmli viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli
Foto: New Medical Technologies

O‘zbekistonda xalqaro va hukumat darajalarida OIV-infeksiyasi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishining oldini olish uchun samarali choralar ko‘rilmoqda:

O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 8 sentyabrdagi 55/2 Rezolyutsiyasiga asosan qabul qilingan «BMTning ming yillik deklaratsiyasi»ga, 2004 yilgi “Yevropa va Markaziy Osiyoda OIV/OITSga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida”gi Dublin Deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarga qo‘shildi;

  • Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda OIV/OITS bo‘yicha BMTning birlashgan dasturi – UNAIDS faoliyat ko‘rsatmoqda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi №PQ-3493-sonli «O‘zbekiston Respublikasida odam immun tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi;
  • «Donorlik qoni va uning komponentlari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi, unda donorlik qoni va uning komponentlaridan foydalanish xavfsizligi bandlardan biri sifatida mustahkamlangan;
  • «Odam immun tanqisligi virusi (OIV-infeksiyasi) keltirib chiqaradigan kasallikning tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun amal qilmoqda;
  • Qiymati qariyb 50 million dollarni tashkil qiluvchi 2018-2022 yillarda OIV-infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi;
  • Davlat respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirib kelmoqda.

Ushbu sa'y-harakatlarning barchasi o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda: odamlarning o‘z sog‘lig‘iga va yaqinlarining sog‘lig‘iga nisbatan mas'uliyat darajasi o‘syapti,o‘z vaqtida profilaktika choralarini qabul qilish va OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan odamlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, OIV onadan yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘tadigan holatlar soni 2013 yildagi 2.3% dan 2018 yilda 0.3% gacha kamaydi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yil yakuni holati bo‘yicha mamlakatimizda 41 mingdan ortiq kishi OIV-infeksiyasi bilan yashamoqda.

O‘tgan 2019 yilda Samarqand viloyatida nikohdan o‘tayotgan juftliklarning to‘yoldi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi jarayonida 45 nafar kuyovda OIV-infeksiyasi aniqlangan. Nikohdan o‘tayotgan shaxslar uchun bepul bo‘lgan davlat sog‘liqni saqlash muassasalaridagi majburiy tibbiy ko‘rik, kasallikning o‘tish mexanizmini uzgan va uning keyingi tarqalishining oldini olgan holda, yaxshilikka xizmat qilmoqda. Kasallik ilk bosqichda o‘z vaqtida aniqlanganida va profilaktika choralari zudlik bilan ko‘rilib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilganida OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan odamlar, o‘zining kasalligi haqida bilib, uning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymasdan to‘laqonli hayot bilan yashaydi.

OIV diagnostikasining sifatini yaxshilash — davlat rahbari tomonidan kasallikning oldini olish bo‘yicha belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Bu borada aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlari uchun dasturlar amalga oshirilmoqda, mamlakat tibbiy muassasalarida OIV ekspress-diagnostikasi bo‘yicha aksiyalar o‘tkazilmoqda, qimmatbaho chet el ilg‘or texnologiyalari jalb qilinmoqda, ularning vazifasi kasallikning tarqalishini to‘xtatish hisoblanadi.

Bugungi kunda OIV-infeksiyasi, V surunkali virusli gepatiti (VSVG) va S surunkali virusli gepatiti (SSVG)ni davolash muammosi qoniqarli yechimga ega emas. Aksar infeksiyalardan farqli o‘laroq, virus bilan zararlangan odam V gepatiti (HBV), S gepatiti (HCV) viruslari va odam immun tanqisligi virusi (HIV)ning manbai hisoblanadi. Bu holda infeksiya manbaiga qarshi kurashish to‘liq istisno qilinadi. Viruslarning yuqish mexanizmlari va ularning yo‘llarini «kesish» – HBV-, HCV- va HIV-infeksiyalari tarqalishiga qarshi kurashishning yagona yo‘lidir.

O‘zbekistonda donorlarni HBV-, HCV- va HIV- infeksiyalari bor-yo‘qligiga tekshirish qon plazmasining immunfermentli tahlili (IFT) metodi bilan amalga oshiriladi. Odamlarni xuddi shu infeksiyalarga chalinganlikka tekshirish qon plazmasining polimerazali zanjirli reaksiyasi (PZR) metodi bilan amalga oshiriladi. Aytish joizki, IFT va PZR bugungi kunda testdan o‘tkazishning eng ilg‘or usullari bo‘lishiga qaramasdan, ular ideal tarzda ishonchli emas. Ushbu metodlarning har biri tadqiq qilinayotgan materialda muayyan miqdorda virusli zarralar mavjud bo‘lishini talab etadi – bu metodlarning sezgirlik bo‘sag‘asi hisoblanadi. Agar tadqiq qilinayotgan materialda virusli zarralar sezilarli darajada kam bo‘lsa, unda tahlil natijasi shubhali yoki soxta salbiy bo‘ladi. Testdan o‘tkazishda IFT va PZR usullarining soxta salbiy natijalari retsipiyentlarning ushbu infeksiyalarni yuqtirganligi sababchisi bo‘lishi mumkin.

Fuqarolarga mahalliy ishlanma – limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usulini taqdim etamiz. Ushbu usul OOO New Medical Technologies MChJ kompaniyasining ilmiy-texnikaviy bazasida ishlab chiqilgan bo‘lib, xalqaro darajada tan olingan. Limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuliga O‘zbekiston, AQSh, Yevropa, JAR, Isroil, ARIPO patent idoralarining patentlari olingan.

Limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli quyidagilarga mo‘ljallangan:

  • biologik muhitlarning limfotropizmga ega bo‘lgan HBV, HCV va HIV ga chalinganini aniqlashda IFT va PZR tadqiqotlarning haqqoniyligini oshirish uchun;
  • donorlik qoni va patsiyentlarni testdan o‘tkazishda soxta salbiy reaksiyalarni istisno qilish uchun;
  • biologik materialda (donorlik qoni, plazma va boshqa qon hosilalarida) virusli zarralar IFT yoki PZR metodlarining sezgirlik bo‘sag‘asidan past bo‘lganida viruslarni aniqlash uchun;
  • amaliy sog‘liqni saqlash sohasida qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan va taklif qilinayotgan kimyoviy va fizikaviy omillarning virusga qarshi samarasini baholash uchun. Ushbu usul analoglarga ega emas.

Qo‘llanishi

Limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli turli darajadagi diagnostika laboratoriyalarida, donorlik qoni va uning komponentlarini tayyorlash bo‘yicha stansiyalarda, kimyoviy va fizikaviy omillarning virusga qarshi samarasini nazorat qilishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.

Soxta salbiy natijalarni istisno qilishga misol sifatida tadqiqotlar natijalarini keltiramiz.

O‘zR SSVEpidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti (EMYuKITI) bazasida donorlarning qonini limfotsitlar miqdori va qon plazmasiga parallel ravishda PZR metodi bilan testdan o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirildi. Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda 309 ta donor ko‘rikdan o‘tkazildi. qon plazmasining PZR tadqiqotida DNKHBV donorlarning 6 tasida (1,95%) aniqlandi, limfotsitlar tsitoplazmasining tarkibi tadqiq qilinganida esa DNK HBV 23 kishida (7,45%) aniqlandi. Ya'ni PZR tadqiqotda 17 ta donorda natija soxta salbiy bo‘lib chiqdi.

Bundan oldin temir yo‘l qon quyish stansiyasi bilan hamkorlikda ham xuddi shunday tadqiqotlar o‘tkazilgandi. Xususan PZR metodi yordamida 79 ta donordan 1 tasida DNK HBV, 2 tasida RNK HSV aniqlangan, RNK OIV esa aniqlanmadi. Limfotsitlar tsitoplazmasi tarkibiningPZR tadqiqotida DNK HBV – 9 ta donorda, RNK HSV – 2 ta donorda, RNK OIV esa 1 ta donorda aniqlandi. Demak, qon plazmasi PZRda DNK HBV bo‘yicha 8 ta holatda va RNK OIV bo‘yicha 1 ta holatda natija soxta salbiy bo‘lgan.

Mualliflar ushbu metodika asosida bepul diagnostika qilish uchun Limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usulini butun respublika bo‘yichaOITS-markazlariga va qon quyish stansiyalariga beg‘araz foydalanishga berish tashabbusi bilan chiqmoqda. Limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usulikasallikni ilk bosqichlarida hatto past titrlarda ham aniqlay oladi, IFT va PZR kabi infeksion kasalliklarga tashhis qo‘yishning ilg‘or metodlari esa har doim ham buning uddasidan chiqavermaydi. Reaksiyaning ishonchli haqqoniy natijasiga ega bo‘lish uchun IFT va PZR tadqiqotda tadqiq qilinayotgan biomaterialda antitanachalar yoki virusli zarralarning muayyan soni mavjud bo‘lishi talab qilinadi; agar ularning konsentratsiyasi IFT yoki PZRning sezgirlik bo‘sag‘asidan past bo‘lsa – reaksiya natijasi shubhali/soxta salbiy bo‘lishi mumkin. Ushbu usul, soxta salbiy test natijalarini istisno qilgan holda, kasallikni endigina paydo bo‘lgan ilk davrida aniqlash, virus konsentratsiyasi PZRning sezgirlik bo‘sag‘asidan past bo‘lganida OIVga chalinganlik darajasini belgilash imkonini beradi, bu esa retrovirusli terapiyani kasallikning boshlang‘ich bosqichida boshlashga imkon yaratadi.

Kasalliklarning pasayish tendensiyasi kuzatilayotgan mamlakatlarda samarali profilaktika choralari joriy etilgan. O‘z vaqtida qilingan aniq diagnostika esa profilaktikaning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, u kasallik tarqalishining oldini oladi. Bunda nafaqat OIV-infeksiyasi tashuvchilarini ijtimoiy moslashtirish va ularning retrovirusli terapiyaga amal qilishiga urg‘u berish, balki, OIV tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni ko‘rgan holda, diagnostika va profilaktika ishlarini kuchaytirish ham – o‘z qo‘limizda.

Ishlab chiquvchilar Limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usulini OITS-markazlari va qon quyish stansiyalariga beg‘araz berishga tayyor – ushbu metodni qon quyish stansiyalari amaliyotiga joriy etish donorlarning qonini test qilganda soxta salbiy natijalarni va retsipiyentlarning donorlik qoni orqali kasallanishini istisno qiladi, HBV, HCV va HIVdiagnostikasining hamda virusga qarshi terapiyaning samaradorligini nazorat qilish metodining ishonchliligini oshiradi.

Limfotropizmga ega viruslarni aniqlash va ularning yashash qobiliyatini baholash usuli haqida batafsil ma'lumotni:

Sayt: nmt.uz

Telefonlar:

+99898 3007392 (qo‘ng‘iroqlar uchun)
+99890 3512090 (Telegram uchun)

 Reklama huquqi asosida

Top