14:50 / 19.03.2020
4092
Toshkent hayvonot bog‘i koronavirus sababli yopildi

Toshkent hayvonot bog‘i 19 mart, payshanba kunidan, boshlab koronavirus sabab vaqtinchalik yopildi. Hayvonot bog‘ining ochilishi haqida rasmiy saytda va ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berilishi ma'lum qilingan.

Foto: tashkentzoo.uz

«Bizlar bu qarorga sizlarni ehtiyot qilish uchun keldik. Jonivorlarning ahvolidan esa xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Zoologlar va mutaxassislar o‘z ishlarini davom ettirishadi», deyiladi xabarda.

Hayvonot bog‘ining yaqinida joylashgan Toshkent botanika bog‘i hozircha ochiq.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top