12:03 / 04.04.2020
16227
Senat a'zolari va devoni xodimlari koronavirusga test topshirdi

Senat rahbariyati, a'zolari va devon xodimlari koronavirusga test topshirdi. Test natijalari manfiy bo‘lib, ularda virus aniqlanmagan.

Foto: KUN.UZ

Senat axborot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, Senat vaqtincha yig‘ilishlarni o‘tkazish tartibini o‘zgartirgan. Bundan buyon, Oliy Majlis yuqori palatasi ko‘rib chiqadigan masalalar videoaloqa tarzida o‘tadigan yig‘ilishlarda ko‘riladi.

Ma'lumot uchun, Senatning uchinchi yalpi majlisi O‘zbekiston parlamenti tarixida birinchi marta onlayn tarzda o‘tkazilgandi.

Foreign Policy rahbari Adam Huk O‘zbekiston parlamenti tanlovini e'tirof etib, rivojlangan davlatlar uchun namuna qilib ko‘rsatgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top