11:00 / 03.07.2020
8337
Britaniya menejment universiteti Sirdaryodagi toshqindan zarar ko‘rgan hududlarning kam ta'minlangan oilalaridan bo‘lgan abituriyentlar uchun grantlar taqdim etadi

Britaniya menejment universiteti moliyaviy sharoit iqtidorli yoshlarning sifatli oliy ma'lumot olish va rijojlanishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak, deb hisoblaydi.

Shuning uchun universitet Sirdaryo viloyatidagi falokatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardagi (Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari) kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan, yuqori akademik salohiyatga ega abituriyentlar uchun 10ta grant o‘rin ajratadi.

Grantlar o‘qish xarajatlarining 100 foizini qoplaydi va talabaning o‘zlashtirishiga qarab 4 yil davomida amal qiladi.

Grantga ega bo‘lish uchun 2 bosqichdan o‘tish kerak bo‘ladi.

1-bosqich – kirish imtihonlarini topshirish uchun ariza berish

«Britaniya»da grant olishni xohlovchilar uchun kirishga ariza topshirishning oxirgi kuni 10 iyul.

Ariza shaklini Universitet saytining «Ariza» bo‘limida «Apply Now!» tugmasini bosgan holda to‘ldirishingiz mumkin:

Ariza topshirgandan keyin abituriyentlar matematika va ingliz tilidan test sinovlaridan o‘tishlari (yoki ILETS ≥ 5.0 sertifikatini taqdim etishlari) va o‘qituvchilarimiz bilan ingliz tilida suhbatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Iyul oyining oxirigacha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha abituriyentlar Qabul komissiyasining qaroridan xabardor etiladilar.

2-bosqich — grantga topshirish va ularni ko‘rib chiqish

Qabul komissiyasi o‘qishga kirganlikni tasdiqlagandan keyin abituriyentlar 10 avgustgacha grant uchun zarur hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

a)   ingliz tilida «Nega men BMU grantiga loyiqman?» mavzusidagi esse/insho;

b)   oilasining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi ma'lumotnoma;

c)    akademik yutuqlarini va boshqa iqtidorlari, qobiliyatlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlar (olimpiadalar g‘oliblarining diplom/sertifikatlari; boshqa hujjatlar).

Barcha shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlar sinchkovlik bilan tekshiriladi!

Universitetga kirgandan so‘ng, barcha talabalar birinchi o‘quv yilini «Foundation» dasturi bilan boshlashadi. O‘qishning 2-kursidan boshlab talabalar quyidagi mutaxassisliklardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar: «Bank ishi va moliya», «Moliya va investitsiya», «Xalqaro moliyaviy hisob va audit», shuningdek, 4 yo‘nalishning biriga ixtisoslashgan «Biznes boshqaruvi»: «Loyihalarni boshqarish», «Xalqaro logistika va savdo», «Raqamli marketing» hamda «Turizm va mehmonxona menejmenti».

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Saytimiz: www.bmu-edu.uz

Instagram: @bmuedu

Telegram-kanal: t.me/bmuedu

Telegram-bot: t.me/BMUedubot

Facebook: fb.com/bmuedu

E-mail: info@bmu-tashkent.org

Reklama huquqi asosida

Top