Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonsiz holda topilgan Seul merining o‘limoldi xati mazmuni oshkor qilindi

Jonsiz holda topilgan Seul meri Pak Von Sun o‘z o‘limoldi xatida jasadini krematsiya qilib, hokini ota-onasi qabri ustidan sochib yuborishni so‘ragan va barcha bilan vidolashgan.
Yonhap axborot agentligining ma'lum qilishicha, Seul meri xatida ko‘plab azob-uqubatlar yetkazgan oilasidan kechirim so‘ragan.
“Barchadan kechirim so‘rayman. Men bilan hayotim davomida bo‘lgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Oilamga faqat azob-uqubatlar keltirganimdan juda afsusdaman. Jasadimni krematsiya qilib, hokimni ota-onamning qabri ustidan sochib yuborishingizni so‘rayman. Barcha - alvido”, deb yozgan marhum mer o‘z xatida.
Merning qizi otasining yo‘qolib qolganini ma'lum qilgandan keyin politsiya uni qidirishga tushgan. Ayolning ta'kidlashicha, otasi vasiyatga o‘xshash xat qoldirib, uydan chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Keyinroq merning jasadi Seul shimolidagi Bugak tog‘i yonida topilgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, Pak Von Sun o‘z joniga qasd qilgan.
Seul meri yo‘qolib qolishidan oldin uning kotibalaridan biri uni tegajog‘likda ayblab, mer ustidan sudga arz qilgan. Kotiba hattoki buning isbotlarini taqdim qilgan. Kotibaning ta'kidlashicha, Pakning bunday harakatlaridan yana bir necha xodimasi jabr ko‘rgan.
Seul merining o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar katta effekt keltirib chiqargan, chunki u keng qo‘llab-quvvatlanuvchi mer bo‘lgan, Janubiy Koreya poytaxti meri lavozimiga saylovlarda qatorasiga 3 marta g‘alaba qozongan. Shuningdek, Pakning 2022 yilgi saylovlarda mamlakat prezident lavozimiga nomzod bo‘lishi kutilayotgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
Mavzuga oid

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

12:37 / 10.03.2025
O‘zbekiston fuqarosi qariyb 5,1 mln dollarga Seuldan kvartira sotib oldi

17:28 / 27.11.2024