Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, funksiyalari va faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;
Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi bilan bog‘liq tartib va mezonlarni qayta ko‘rib chiqish.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, agentlik farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgar bo‘lgan vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Agentlik o‘z faoliyatini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Agentlik joylashgan manzil (pochta manzili): Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ch.Aytmatov ko‘chasi, 1A-uy, 100084.
Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
- markaziy apparat;
- Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti;
- O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti;
- «Sharq tabobati» ilmiy-tadqiqot instituti;
- Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi davlat muassasasi;
- «Zarur amaliyotlar markazi» davlat muassasasi;
- Farmatsevtika texnik universiteti davlat muassasasi;
- Pharm Service davlat muassasasi.
Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari hamda biologik faol qo‘shimchalar sanoatini rivojlantirish, farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- farmatsevtika va kosmetika mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalar va dorivor o‘simliklar bozori konyukturasini o‘rganish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining ushbu mahsulotlar bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish, uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;















