08:42 / 21.07.2020
2347

OTB ishtirokidagi loyihalar parametrlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi 7.07.2020 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 426-son qarorni qabul qildi.
 
Besh yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan $15 mln miqdorida qarz berish to‘g‘risida qarz bitimi 2019 yil 13 noyabrda imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati $16,76 mln.ni tashkil etadi. Ulardan: OTB qarzi - $15 mln, O‘zbekiston Respublikasining ulushi (soliq imtiyozlari hisobidan) - $1,76 mln. Loyihani amalga oshirish davri - 4 yil - 2020-2023 yillar.
 
Norma’ning yozishicha, loyiha doirasida quyidagi investitsiya loyihalarini tayyorlash nazarda tutilgan:

Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suv va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya va qurish loyihasi (faza 3) - loyiha tashabbuskori Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;

Ichimlik suv va oqova suv ta'minotini rivojlantirish dasturi - loyiha tashabbuskori Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;

Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi - loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
 
Quyidagilar:

“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasining asosiy ko‘rsatkichlari;

“O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali tasdiqlandi.
 
Belgilanishicha, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi va “O‘zsuvta'minot” AJ - uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarning, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi -“Shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasining o‘z vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanishi uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
 
OTB qarzlarini qaytarish va foizlarni to‘lash muddatlari va manbalari belgilandi.
 
Hujjat 08.07.2020 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top