17:46 / 28.07.2020
1201
Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga kelib tushgan mahsulotlar hajmi ma'lum qilindi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Ahror G‘ulomov AOKAda o‘tkazilgan brifingda Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlariga homiylar tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar hajmi haqida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 14 iyulidan 27 iyuliga qadar markazlarga homiylar tomonidan 334 448 litr o‘simlik yog‘i, 1 136 906 kg un, 259 062 kg shakar, 297 414 kg makaron, 37 831 kg mol va qo‘y go‘shti, 57 742 dona tovuq go‘shti, 517 227 kg kartoshka, 314 350 kg piyoz, 165 143 kg sabzi, 390 552 kg guruch, 42 461 kg quruq choy, 16 529 kg dukkakli mahsulotlar, 146 449 qadoq tuxum, 220 736 dona tibbiy niqob, 90 869 juft tibbiy qo‘lqop, 21 882 dona antiseptik, 62 006 dona gigiyenik hamda 90 327ta boshqa turdagi vositalar taqdim etilgan.

«14 iyuldan 27 iyulga qadar bo‘lgan muddatda markazlarga kelib tushgan murojaatlar va mahalla fuqarolar yig‘inlarida shakllantirilgan ro‘yxat asosida 194 542 nafar ehtiyojmand oilaga 20 mlrd 684 mln 409 ming so‘m miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, 267 mln 544 ming so‘m miqdordagi dori-darmonlar tarqatildi», degan boshqarma boshlig‘i.

Ahror G‘ulomovning qayd etishicha, bir oilaga zarur bo‘lgan oziq-ovqat jamlanmasi 3 kg un, 3 kg guruch, 2 kg makaron, 2 litr o‘simlik yog‘i, 4 kg kartoshka, 2 kg piyoz, 2 kg shakar, 1 dona tovuq, 30 dona tuxum, yarim kg quruq choy, 1 dona kir sovundan iborat bo‘lishi belgilangan. Jamlanmaning umumiy qiymati 165 ming so‘mni tashkil etadi.

Top