Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Pixabay
“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuridik shaxslarga O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqi beriladi.
“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi va O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun jarimalar miqdorlari belgilanmoqda.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunida mineral o‘g‘itlarning va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni hamda O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda.
Bunda davlat boji, mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun BHMning 2 baravari, O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun BHMning 3 baravari etib belgilandi.
Mavzuga oid

14:13 / 17.03.2025
Tabiiy gazdan go‘shtgacha – 86 turdagi tovarlarga eksport boji joriy etildi

09:51 / 17.03.2025
Qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi

08:27 / 10.03.2025
SIPRI: AQSh qurol eksportini oshiryapti, Rossiya - qisqartiryapti

17:59 / 06.03.2025