09:00 / 13.08.2020
8363
«Asaka» bank binosi BIM texnologiyasi yordamida barpo etilmoqda

BIM texnologiyasi haqida eshitganmisiz? BIM (Building Information Model) – binoning informatsion modeli bo‘lib, bugungi kun talabiga javob beruvchi texnologiya. Ya'ni qurilish obektining 3D formatdagi modeli. Uning o‘ziga xosligi shundaki, yaxlit tarzda ishlab chiqilgan qurilish obektining har qanday parametrlarini o‘zgartirish u bilan bog‘liq barcha narsa: chizmalar, vizualizatsiya, spetsifikatsiyalash va hattoki, taqvim jadvali avtomatik ravishda o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa qurilish sifatini oshiradi.

Tez orada «Asaka» bankining Bosh binosi Toshkent shahrining qoq markazidan joy egallaydi. Bosh ofis uchun Toshkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan yangi inshoot esa shunday texnologiya yordamida barpo etilmoqda. 26 qavatli, ko‘p funksiyali biznes markazini bunyod etish Shanxayning SCG (Shanghai Construction Group) qurilish korporatsiyasiga ishonib topshirilgan.

Korporatsiyaning O‘zbekistondagi vakili Pan Shynszyan shunday deydi:

- Binoni loyihalash chog‘ida muhandislar «Asaka» bank va umuman O‘zbekistonning rivojlanish tarixini sinchkovlik bilan o‘rgandi. To‘plangan ma'lumotlar asosida eng yorqin elementlar, madaniy o‘ziga xoslik obekt dizaynida aks etib, birinchi qavat dahlizida o‘z ifodasini topadi. Inshootning yana bir ajralib turuvchi jihati esa yuqori qismi olmos ko‘rinishidagi tom bilan qoplanishidir. Unda «Asaka» bank logotipi  aks etadi.

 

Ta'kidlash joizki, SCG jahondagi yirik korporatsiyalaridan biri bo‘lib, yillik aylanmasi 30 milliard dollarni tashkil etadi. Dunyoning 40 ta davlatidagi 160 ta obekt aynan SCG quruvchilari tomonidan bunyod etilgan.

«Asaka» bankning osmono‘par binosi 9 ballik zilzilaga bardoshli bo‘lishi uchun nafaqat armatura, balki o‘ta mustahkam panellar, metall konstruksiyalar bilan ham qoplanmoqda.

Aytgancha, bu yil «Asaka» bank o‘zining 25 yilligini nishonlaydi. Yanada muhim yangiliklar hali oldinda. Chorak asr biz bilan birga bo‘lganingiz uchun minnatdormiz!

«Asaka» bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

Call-markaz: 1152

Veb-sayt: www.asakabank.uz

Telegram: t.me/bank_asaka

Facebook: fb.com/bankasaka

Instagram: @asaka_bank

Reklama huquqi asosida

Top