09:10 / 18.08.2020
5675

Superliga. OKMK 1-pog‘onaga chiqib oldi, «Nasaf» va «Bunyodkor»da ham g‘alaba

17 avgust kuni O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

OKMK «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab Suhrob Sultonov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida olmaliqliklar legioneri Yovan Jokich muvozanatni tikladi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Zafar Polvonov va Jasur Umarov tomonidan urilgan gollar Mirjalol Qosimov jamoasiga 3 ochko keltirdi. G‘alabadan so‘ng OKMK ochkolarini 24taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Temiryo‘lchilar» 12 ochko bilan 8-pog‘onaga joylashishgan.

«Bunyodkor» Olmaliqda  «Metallurg» ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Nurillo To‘xtasinovning dubli «qaldirg‘ochlar»ga 3 ochko keltirdi. G‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolarini 20taga yetkazib, 3-o‘rinni mustahkamlab oldi. «Metallurg» esa 16 ochko bilan 7-pog‘onaga tushib ketdi.

Bekobodda o‘tkazilgan bellashuvda Qarshining «Nasaf» jamoasi Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi ustidan yirik hisobda zafar quchdi. Islom Kenjaboyev, Bobur Abdixoliqov va zaxiradan maydonga tushgan Husain Norchayevning kiritgan to‘plari vohaliklar g‘alabasini ta'minladi. Ushbu g‘alabadan keyin «Nasaf» ochkolari sonini 19taga yetkazib, Superliga turnir jadvalida 4-o‘ringa chiqib oldi. «So‘g‘diyona» esa 11 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

Superliga, 10-tur, 17 avgust
OKMK – Lokomotiv 3:1
Toshkent, «Bunyodkor» stadioni

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Farruh Yansupov.
Gollar: Yovan Jokich (47), Zafar Polvonov (88), Jasur Umarov  (90+1) – Suhrob Sultonov (36, avtogol).
OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov (Mirg‘iyos Sulaymonov, 84), Dilshod Jo‘rayev, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Shahzod Nurmatov, 84), Bahrom Abdurahimov (Sanjar Tursunov, 46, Jasur Umarov, 90), Arslonmurod Amanov (Murod Toshmatov, 74), Zafar Polvonov, Hojimat Erkinov.
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Shuhrat Muhammadiyev, Kaxa Maxaradze, Farruh Ibrohimov, Sherzod Fayziyev, Diyor Turopov, Vadim Afonin (Ibrohim G‘anixonov, 74), Avaz O‘lmasaliyev, Javohir Alijonov (Davron Umirov, 60), Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marat Bikmayev.

Bunyodkor – Metallurg 2:0
Olmaliq, OKMK sport majmuasi

Hakamlar: Vadim Agishev, Husniddin Shodmonov, Sultonmurod Ulfatov.
Gollar: Nurillo To‘xtasinov (53, 59).
Bunyodkor: Abdumavlon Abduljalilov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Anvar G‘ofurov, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov (Suhrob Izzatov, 90+2), Abdulla Abdullayev, Asad Azimjonov (Farrux Ikromov, 23), Valeriy Akopov (Selim Nurmuradov, 69), Shahboz Erkinov (Mirjahon Mirahmadov, 69).
Metallurg: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Doniyor Narzullayev (To‘lqin Ergashev, 77), Salamat Quttiboyev, Shahzod Ubaydullayev (Murod Bobojonov, 82), Xudoyshukur Sattorov (Odil Abdulmajidov, 46), Kamoliddin Tojiyev, Abdurahmon Abdulhaqov (Abror Toshqo‘ziyev, 46), Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Davron Anvarov (Zohid Abdullayev, 65).
Ogohlantirishlar: Odil Abdulmajidov (52), Zohid Abdullayev (90+4).

«Nasaf» - «So‘g‘diyona» - 3:0
Bekobod, «Metallurg» stadioni

Hakamlar: Asker Najafaliyev, Olim Abuduvosilov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Sanjar Nazarov.
Gollar: Islom Kenjaboyev (15, penalti), Bobur Abdixoliqov (36), Husain Norchayev (90).
Nasaf: Abduvohid Nematov, G‘olib G‘aybullayev (Husniddin Aliqulov, 75), Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 75), Bobur Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev (Dilshod Rahmatullayev, 70), Akmal Mozgovoy (Husain Norchayev, 70), Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov (Muhriddin Zoirov, 87), Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov (Shavkat Mullajonov, 46), Elyor Oripov, Sanjar Rashidov (Daniel Nasriddinov, 65), Jamshid Boltabayev, Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 65), 11.Jasur Hasanov, San'at Shixov, 21. Sahob Rashidov (Javohir Qahramonov, 46), Shahboz Jo‘rabekov (Ayubxon No‘monov, 39), Marko Kolakovich.

Mavzu
Superliga
8 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga - Superliga-2019 turniriga start berildi
Barchasi
Mavzuga oid
Top