Futbol böyiça Özbekiston Superligasining barça sovrindorlari aniqlandi.
29 noyabr kuni 30-tur doirasida peşqadam klublarning öyinlari ötkazildi.
«Paxtakor» safarda «Navbahor» bilan öynadi va yarim soat davomida bir futbolçi kam bölib harakat qilganiga qaramay, 1:1 hisobida durangga erişdi. Bu toşkentliklarga 60 oçko bilan ikkinçi örinni egallaş imkonini berdi. «Paxtakor» 7-marta kumuş medalga ega çiqdi.
«Nasaf» öz maydonida «Dinamo» bilan öynadi. Bu öyinda hisob oçilmadi. Natijada «Nasaf» 59 oçko bilan çempionat jadvalida uçinçi böldi. Qarşi klubi öz tarixida 12-marta bronza medaliga ega çiqdi. «Dinamo» 58 oçko bilan törtinçi örinda qoldi.

Eslatib ötamiz, Farğonaning «Neftçi» klubi çempionlikni muddatidan oldin, avvalgi turda qölga kiritgan edi. Şuningdek, Ğuzorning «Şörtan» klubi Superligadan muddatidan oldin tuşib ketgan edi.
30-tur öyinlari ertaga davom ettiriladi va Superligada qoliş uçun kuraşuvçi «Buxoro» va «Xorazm» klublarining pley-offdagi raqiblari aniqlanadi. «Xavfli» zonada «Surxon», «Andijon», «Qöqon-1912» va «Maş’al» klublari bormoqda. Reglamentga köra, 12-15 örinlarni egallagan klublar pley-off bahslarida iştirok etadi.








