Farğonaning «Neftçi» klubi 24 yildan söng yana Özbekiston çempioni böldi. Farğonaliklar Superliga 29-turidan örin olgan «Qizilqum»ga qarşi öz maydonidagi öyinda 4:1 hisobida işonçli tarzda ğalaba qozondi.
Mezbonlarning gollariga Alişer Odilov (2), Jamşid Iskanderov va Ibrohimxalil Yöldoşev, mehmonlarning goliga Şohruz Norxonov mualliflik qildi.
Bu natija «Neftçi»ga 64 oçko bilan muddatidan oldin çempionlikni keltirdi. Eng yaqin ta’qibçi – ikkinçi örindagi «Paxtakor» hisobida 59 oçko bor.
Tojikistonlik boş murabbiy Vitaliy Levçenko uçun «Neftçi»ni şohsupaning yuqori poğonasiga olib çiqişga 4 yil kerak böldi. 2022 yilda mutaxassis farğonaliklarni Superligadagi örnini saqlab qolişga kömaklaşgan edi. 2025 yilda oltin medallarni keltirdi.
«Neftçi» Özbekiston çempionatidagi ğalabalari sonini 6 taga yetkazdi. Bu mutlaq rekordçi «Paxtakor» klubidan keyin ikkinçi körsatkiç. Toşkentliklar 16 marta çempionlik tojini kiygan. Şuningdek, «Bunyodkor» 5 marta, «Lokomotiv» va «Döstlik» 2 martadan, MHSK, «Navbahor», «Nasaf» 1 martadan çempion bölgan.












