01:57 / 19.08.2020
23887
YeChL. «Leypsig»ni yirik hisobda yenggan «PSJ» o‘z tarixida ilk marta musobaqa finaliga chiqdi
Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumining ilk finalchisi aniq bo‘ldi. Lissabondagi «Da Lush» stadionida o‘tgan yarimfinal o‘yinida «PSJ» Germaniyaning «Leypsig» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi va finalga chiqdi.

Birinchi bo‘limda Markinos va Di Mariyaning gollari evaziga oldinga chiqib olgan parijliklar ikkinchi bo‘lim avvalida Xuan Bernat tomonidan kiritilgan gol evaziga yirik hisobda g‘alabani ta'minlashdi. O‘yinda Anxel Di Mariya bitta gol urish bilan birga ikkita golga assistentlik qildi.

Shu tariqa «PSJ» o‘z tarixida ilk marta YeChL finaliga chiqdi. Ikkinchi finalchi nomi ertaga, «Bavariya» hamda «Lion» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda aniq bo‘ladi.

YeChL-2019/20
Bitta o‘yindan iborat yarimfinal

Leypsig – PSJ 0:3
Gollar: Markinos (13), Di Mariya (42), Bernat (56).
Leypsig: Gulachi, Anxelino, Upamekano, Mukiyele, Klostermann (Orban, 82), Laymer (Xalstenberg, 62), Zabitser, Kampl (Adams, 64), Olmo (Shik, 46), Nkunku (Forsberg, 46), Poulsen.
PSJ: Riko, Bernat, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Paredes (Draksler, 83), Errera (Verratti, 83), Di Mariya, Kerer, Mbappe, Neymar.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Laymer (61), Xalstenberg (79), Poulsen (79).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top