23:27 / 22.08.2020
36884
Koronavirus: Bir kunda 458 kishida infeksiya aniqlanib, jami holatlar 38,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 22 avgust kuni koronavirus bilan bog‘liq 458ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 38 532taga yetdi. Bugun shuningdek, 587 bemor tuzalib, 7 kishi vafot etgani xabar qilindi.

SSV xabariga ko‘ra, 458ta yangi holatning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Yangi holatlar (+458)

  • Toshkent shahri – 269
  • Toshkent viloyati – 129
  • Samarqand viloyati – 21
  • Namangan viloyati – 17
  • Surxondaryo viloyati – 8
  • Farg‘ona viloyati – 5
  • Qashqadaryo viloyati – 4
  • Andijon viloyati – 3
  • Qoraqalpog‘iston – 1
  • Jizzax viloyati – 1

Tuzalganlar (+587)

Beshta hududda jami 587 kishi sog‘aygani ma'lum bo‘ldi. Davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 386
  • Toshkent viloyati – 165
  • Samarqand viloyati – 26
  • Andijon viloyati – 6
  • Farg‘ona viloyati – 4

O‘lim holatlari (+7)

Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani ma'lum qilindi va rasmiy statistikada jami qurbonlar soni 267 nafarga yetdi.

  • Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov 66 yoshda vafot etdi;
  • Zangiota tumanidagi ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan farg‘onalik 59 yoshli F.T. (ayol);
  • Zangiota tumanidagi ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan poytaxtlik 29 yoshli B.L. (erkak);
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 75 yoshli U.X. (erkak)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 36 yoshli F.A. (erkak)
  • Yunusobod tumanida yashagan 78 yoshli R.A. (erkak)
  • Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli R.A. (ayol)

Davolanayotgan 3 689 bemordan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top