12:22 / 08.09.2020
10743

Namangan shahri tarkibida yangi tuman tashkil etildi

Parlament quyi palatasining 2020 yil 8 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar «Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to‘g‘risida»gi masalani ko‘rib chiqdilar.

Parlament saytida yozilishicha, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq kiritilgan ushbu masala mazkur hududda boshqaruv samaradorligi yaxshilanishini nazarda tutadi.

Qayd etilganidek, Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining «Yuksalish», «Navro‘z», «Nurobod», «Gulshan», «Orzu», «Porloq», «Navbahor», «Mustaqillik», «To‘quvchi», «Umid», «Yangi tong», «Xalqlar do‘stligi», «Davlatobod», Quyi G‘irvon», «Yuqori G‘irvon», «O‘rta G‘irvon», «Bog‘», «Elobod», «Gulobod», «Irvadon», «Shishaki», «Quyi Rovuston», «O‘rta Rovuston», «Yuqori Rovuston» va «Yelxon» mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududlari o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning ta'kidlashicha, bu o‘zgarishlar hududda yangi infratuzilma obektlari barpo etilishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining yanada yaxshilanishiga turtki beradi.

Top