18:57 / 22.09.2020
2998
Finlyandiya qo‘shnilari bilan chegaralarni yana yopmoqda

Finlyandiya Shvetsiya bilan chegarasini mart oyida yopgan, 19 sentyabrdan esa chegara ochilgandi.

Foto: Reuters

Finlyandiya qo‘shni-davlatlar — Shvetsiya va Norvegiya bilan chegaralarini yopmoqda. Bu haqda mamlakat IIV vakili Kirsi Pimeya ma'lum qildi.

28 sentyabrdan boshlab bu mamlakatlar fuqarolari Finlyandiya hududiga kira olmaydi. Bunga Shvetsiya va Norvegiyada kasallanish holatlari yuqoriligi sabab bo‘lgan. 

Finlyandiya Shvetsiya bilan chegarasini mart oyida yopgan, 19 sentyabrdan esa chegara ochilgandi.

8 sentyabrda Finlyandiya hukumati Rossiya bilan chegarasini ochishni rad etgandi. 

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 9,1 ming kishi koronavirus yuqtirgan, 341 kishi vafot etgan.

Top