Joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million AQSh dollari sarflangan.

2020 yilning 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53taga ko‘p.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 50ta, Koreya Respublikasidan – 12ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 11ta elektromobil import qilingan.
Ma'lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million AQSh dollari sarflangan.