22:17 / 27.09.2020
9172
Koronavirus qurbonlari soni milliondan oshdi

Dunyoda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni milliondan oshdi. Bu haqda Worldometer portalida ma'lum qilindi. 

Foto: Bloomberg

Portal sahifasida ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 7,6 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Umumiy hisobda pandemiya boshidan beri 33,185 mlndan ko‘proq kishi koronavirus bilan zararlangan. Shu bilan birga 24,5 mlndan ko‘proq kishi infeksiyadan sog‘ayib ketgan.

Koronavirusdan o‘lim holatlari soni bo‘yicha AQSh 209 mingdan ko‘proq holat bilan 1-o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarni Braziliya (141 mingdan ko‘proq o‘lim), Hindiston (94,9 ming), Meksika (76,2 ming) va Britaniya (41,9 ming) egallamoqda.

Avvalroq JSST rahbariyati koronavirus qurbonlari soni 2 mlngacha ham yetishi mumkinligini, chunki samarali vaksinalar eng yaxshi vaziyatda bir necha oydan keyingina keng foydalanuvda paydo bo‘lishini aytgan.

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qarshi o‘nlab vositalar ishlab chiqilishning turli bosqichlaridan o‘tmoqda. Ulardan kamida 5tasi cheklangan miqdorda qo‘llash uchun sertifikatlangan, biroq hali ulardan birortasi o‘n minglab odamlarning emlanishini qamrab olgan ommaviy sinovlardan o‘tmagan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top