Moskvadagi «Karnegi» tahlil markazida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 4 yillik prezidentlik davri haqida maqola e'lon qilindi. Muallif Yuriy Saruxanyan mamlakat Mirziyoyev davrida qanday özgarganini tahlil qilgan.

Şavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelgaç, oldingi rahbariyat tanqid qilinişiga sabab bölgan deyarli barça muammolarni hal qildi. Endi uning oldida sönggi yillarda paydo bölgan yangi muammolarni hal qiliş vazifasi turibdi. Islohotlarni amalga oşiriş yildan yilga qiyin bölib boraveradi.
Şavkat Mirziyoyev uçun keyingi yil birinçi prezidentlik muddatidagi sönggi yil böladi. Ortda qolgan vaqt davomida mamlakatda ham, dunyoda ham uni islohotçi prezident sifatida bilişdi. Mirziyoyev prezidentlikka kelişi bilan keng kölamdagi islohotlar amalga oşirilişini ma'lum qilgandi. Çindan mamlakatda özgarişlar boşlandi: iqtisodiyotda liberallik közga taşlandi, söz erkinligining dastlabki körinişlari paydo böla boşladi, siyosiy elita esa dunyo bilan muloqotga kirişdi.
Mirziyoyevning islohotlari butun millat tomonidan qöllab-quvvatlandi. Islohotlarga könikkanlar ham, uni qabul qila olmaganlar ham böldi. Koronavirus esa islohotlarning beliga tepdi. Köp mamlakatlar qatori Özbekiston ham pandemiyaga tayyor emasligi körindi, keyinçalik bir neça bosqiçdagi karantin özining iqtisodiy asoratlarini körsata boşladi.
Mirziyoyev keyingi yil ikkinçi muddat uçun nomzodini qöyişi kutilmoqda. Töğrisi, saylovlarda juda katta raqobat kutiş qiyin. Prezidentni hozir boşqa savol öylantirayotgan bölsa kerak: amalga oşirilayotgan islohotlarni davom ettiriş kerakmi yoki yanada aniqroq islohotlarga ötiş? Axir Mirziyoyev davrida özbek xalqi ança talabçan bölib ulgurdi.
Reputatsiyaning yangilanişi
Islom Karimov vafotidan keyin Şavkat Mirziyoyev mamlakat rahbarligiga kelganida, jamoatçilik uning islohotlar rejasiga işonişda ehtiyotkorlikni unutmadi. Ayrimlar 13 yil oldin hukumatda iş boşlagan odam islohotçi bölişiga işonqiramagandi, biroq Mirziyoyev çindan köp narsani özgartirdi. Karimov davrida köp tanqid qilinadigan sohalarda vaziyat yaxşilandi: iqtisodiyot, jamoatçilik siyosati va xalqaro aloqalar borasida özgarişlar röy berdi. Özbekiston qamoqxonalaridan köplab siyosiy mahbuslar ozodlikka çiqarildi. Keksayib qolgan bu insonlar endi mamlakat xavfsizligiga heç qanday ta'sir ham ötkazmayotgandi. Şuningdek, hukumat Jasliqdagi turli qiynoqlar bilan nomi çiqqan qamoqxonani ham yopdi.











