17:20 / 07.10.2020
10388

Oston O‘runov jarohat oldi

Moskvaning «Spartak» klubi yarimhimoyachisi Oston O‘runov jarohat tufayli O‘zbekiston milliy jamoasining navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

O‘FA rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 19 yoshli futbolchi milliy jamoa mashg‘ulotlari vaqtida jarohat olgan.

Bundan tashqari, «Paxtakor» himoyachisi Yegor Krimets ham 5 oktabr kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda olgan jarohati sabab Eron va BAA milliy jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston – Eron milliy jamoalari uchrashuvi 8 oktabr kuni «Paxtakor» stadionida kechadi. O‘yin soat 18:00da boshlanadi. 12 oktabr kuni esa vakillarimiz Dubayda BAA milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O‘tgan mavsumda Rossiyaning «Ufa» klubida o‘ynagan O‘runov yangi mavsum arafasida «Spartak» safiga borib qo‘shildi. U 2019 yildan buyon milliy jamoaga nomzod hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top