22:00 / 20.10.2020
19320
Berdimuhamedov yangi BMWda drift amalga oshirdi (video)

18 oktabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Ichki ishlar vazirligi avtosport markaziga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Xronika Turkmenistana».

Orqatog‘ bu yerda dastlab sport yo‘lakchasida jismoniy mashqlar bajarib, skandinavcha yurish bilan shug‘ullandi.

Turkmaniston davlat axborot agentligida «davlat rahbarining bunday ajoyib mahorati – ko‘p yillar davomida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish natijasi» ekani aytildi va Berdimuhamedov olgan o‘nlab medallar haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, markazda Turkmaniston rahbari Ichki ishlar vaziri Mammetxon Chakiyev hamda Sport va yoshlar siyosati vaziri Gulmir Agamuradov bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Vazirlar Turkmaniston neytraliteti 25 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilinayotgan avtopoyga musobaqalari haqida ma'lumot berdi.

Shundan so‘ng, Berdimuhamedovdan Avtosport markaziga yangi olib kelingan BMW sport avtomobilini sinovdan o‘tkazib berish so‘raldi.

«Gurbanguli Berdimuhamedov bir qancha xavfli burilishlarni amalga oshirdi va sport avtomobilining sinovini yakunlagach, uni IIV Avtosport markaziga sovg‘a qilib yubordi», – deya holatga izoh berdi Turkmaniston davlat axborot agentligi.

Top