17:15 / 20.10.2020
5694

Kongoda qamoqxonaga jangarilar hujum qilganidan so‘ng 900ga yaqin mahkum qochib ketdi

Foto: EPA

Kongo Demokratik Respublikasi Beni shahridagi qamoqxonaga qilingan hujumdan keyin taxminan 900 nafar mahkum qochib ketgan. The New York Times nashrining yozishicha, qamoqxonaga IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari hujum qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, jangarilar atrofida harbiy lager bo‘lgan Kangbayi markaziy qamoqxonasiga hujum qilgan. Shahar meri Modeste Bakvanamaxaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar qamoqxona eshigini maxsus moslama yordamida ochishgan.

Natijada, mingga yaqin mahkumdan bor-yo‘g‘i 100 kishi atrofida odam qolgan. Hozircha birorta terrorchilik tashkiloti ushbu voqea yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmadi. Lekin shahar meri hujumni IShIDga bo‘ysunuvchi guruhlardan biri amalga oshirgan deb hisoblamoqda.

2014 yilda ham jangarilar Kongo sharqidagi boshqa qamoqxonaga hujum qilishgan edi. O‘shanda 370 nafar mahkum qochib ketgan.
 

Mavzuga oid
Top