16:01 / 27.10.2020
10289
«Real» «Borussiya» mehmoni, «Shaxtyor» «Inter»dan revansh ilinjida. YeChL seshanba kungi o‘yinlar prevyusi

Yevropa Chempionlar ligasi joriy mavsumi har yilgidan kechroq start olgani sababli ketma-ket ikkinchi haftada ham seshanba va chorshanba kunlari muxlislarni tungi bedorlik kutmoqda. Bugun, 27 oktabr seshanba kuni YeChL dastlabki to‘rt guruhida 2-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

 «A» guruhi: «Bavariya» Moskvada mehmon, «Atletiko» Suaressiz o‘ynaydimi?

«A» guruhida dastlabki o‘yinda ochko yo‘qotgan Moskvaning «Lokomotiv» klubi so‘nggi turda «Atletiko»ni yirik hisobda mag‘lub etgan «Bavariya»ni qabul qiladi. Moskvadagi g‘alaba «Bavariya»ni guruhda yaqqol peshqadamga aylantirishi mumkin. O‘z navbatida «temiryo‘lchilar» ham dastlabki turdagi durangdan keyin bu safar sensatsiya qayd etish umidida to‘p surishadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda «Atletiko» «Zalsburg»ga qarshi maydonga tushadi. Diyego Simeone shogirdlari Myunxendagi mag‘lubiyat (0:4) alamini «Zalsburg»dan olishga intilishi aniq. Madriddagi bahsda jamoa hujumchisi Luis Suaresning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.

 27 oktabr (seshanba)

«A» guruhi

«Lokomotiv» - «Bavariya»
O‘yin boshlanish vaqti:
22:55

«Lokomotiv»: Gilerme; Jivoglyadov, Chorluka, Murilo, Ribus; Jyemaletdinov, Kulikov, Krixovyak, Miranchuk; Lisakovich, Eder
O‘ynamaydi: Ignatev (jarohat)

«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Zyule, Alaba, Ernandes; Kimmix, Tolisso, Koman, Myuller, Sane; Levandovski
O‘ynamaydi: Devis (jarohat), Kuassi (jarohat)

«Atletiko» - «Zalsburg»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Atletiko»: Oblak; Tripper, Savich, Felipe, Lodi; Korrea, Lorente, Errera, Koke; Feliks, Suares
O‘ynamaydi: Kosta (jarohat), Vrsalko (jarohat), Niges (jarohat), Karrasko (jarohat)
So‘roq ostida: Luis Suares (noma'lum)

«Zalsburg»: Stankovich; Ulmer, Veber, Ramalo, Kristensen; Soboslay, Yunuzovich, Kamara, Mvepu; Berisha, Daka
O‘ynamaydi: Berned (jarohat)

 «B» guruhi: «Shaxtyor» revansh ilinjida, Germaniyada alamzadalar bahsi

O‘tgan turda Madriddan sensatsion g‘alaba bilan qaytgan «Shaxtyor» bu turda «Inter»ga qarshi saf tortadi. Donetsk klubi milanliklarga qarshi bahsni intiqlik bilan kutmoqda. «Konchilar» avgustda Yevropa ligasi yarimfinalida «Inter»dan 0:5 hisobidagi qaqshatqich zarba alamini haligacha unutishmagani aniq. Ispaniyadan yaxshi kayfiyat bilan qaytgan Luish Kashtru jamoasi «Inter»dan o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olish ilinjida bo‘ladi. Konte jamoasi esa 1-turdagi «Borussiya» Menxengladbax bilan bahsda (2:2) yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘ladi.

Germaniyada esa 1-turda alamli tarzda ochkolarni boy bergan «Borussiya» M va «Real» o‘zaro uchrashadi. Nemis klubi 1-turda «Inter» bilan bahsda so‘nggi daqiqada qo‘yib yuborilgan gol sababli g‘alabani qo‘ldan chiqargan (2:2) bo‘lsa, «Real» «Shaxtyor»ga mag‘lub bo‘ldi (2:3). «El-Klasiko»dagi g‘alabadan keyin o‘ziga kelgan Zidan jamoasi Germaniyaga ham faqat 3 ochko uchun yo‘l olgan. Eden Azarning safga qaytgani madridliklar o‘yiniga ijobiy ta'sir qilishi mumkin.

 «B» guruhi

«Shaxtyor» - «Inter»
O‘yin boshlanish vaqti:
22:55

«Shaxtyor»: Pyatov; Dodo, Xocholava, Matviyenko, Korniyenko; Markos Antonio, Marlos, Maykon; Tete, Dentino, Solomon
O‘ynamaydi: Ismaili (jarohat), Konoplyanka (jarohat), Krivsov (noma'lum)
So‘roq ostida: Kovalenko (jarohat), Junior Moraes (betob), Fernando (noma'lum)

«Inter»: Handanovich; D'Ambrozio, de Vrey, Bastoni; Hakimi, Barella, Brozovich, Vidal, Darmian; Lukaku, Martines
O‘ynamaydi: Galyardini (betob), Shkriniar (betob), Radu (betob), Sanches (jarohat), Sensi (jarohat)

«Borussiya» M - «Real»
TV-translatsiya:
Futbol TV
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

«Borussiya» M: Sommer; Layner, Elvedi, Ginter, Bensebaini; Kramer, Noyxaus, Xofmann, Shtindl, Tyuram; Plea
O‘ynamaydi: Zakariya (jarohat), Poulsen (jarohat)
So‘roq ostida: Benesh (jarohat), Bayyer (betob), Lazaro (jarohat)

«Real»: Kurtua; Lukas, Varan, Ramos, Mendi; Modrich, Valverde, Kazemiro, Kroos; Benzema, Vinisius
O‘ynamaydi: Karvaxal (jarohat), Odriosola (jarohat), Mariano (tiklanish jarayonida), Nacho (jarohat), Edegor (jarohat)

 «S» guruhi: «Siti» Fransiyada mehmon, «Portu» portugaliyalik murabbiyga qarshi

 Dastlabki turda «Olimpiakos»ga mag‘lubiyatga uchragan «Marsel»ni «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Gvardiola jamoasi o‘tgan turda «Portu»ni mag‘lub etib, Fransiyaga yaxshi kayfiyatda yetib kelgan. Ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyat marselliklarning guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishi bois, mezbonlar ingliz klubiga qarshi finalga maydonga tushgandek kayfiyatda to‘p surishsa ajabmas.

Portugaliyalik Pedru Martinsh boshqaruvidagi «Olimpiakos» bu turda o‘z murabbiyining vatanida mehmon bo‘ladi. Gretsiya klubini «Portu»ga qarshi muhim bahs kutib turibdi. Ikkinchi yo‘llanma uchun portugallarning aynan Pedru Martinsh klubiga qarshi kurash olib borishi kutilmoqda. Shunday ekan, bu o‘yinda ularni g‘alabadan boshqa natija qanoatlantirmaydi.

 «S» guruhi

«Marsel» - «Manchester Siti»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Marsel»: Mandanda; Sakai, Alvaro, Chaleta-Tsar, Amavi; Ronjye, Kamara, Sanson; Toven, Benedetto, Payyet

«Man Siti»: Ederson; Kanselu, Dias, Lyaport, Zinchenko; de Bryuyne, Rodri, Gundo‘g‘an; Mahrez, Sterling, Foden
O‘ynamaydi: Aguero (jarohat), Mendi (jarohat), Gabriel Jyezus (jarohat), Fernandino (jarohat)
So‘roq ostida: Ake (jarohat)

«Portu» - «Olimpiakos»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Portu»: Marchesin; Manafa, Pepe, Mbemba, Zaydu Sanusi; Otavio, Serjiu Oliveyra, Uribe; Korona, Dias, Marega
O‘ynamaydi: Mbay (jarohat), Markano (jarohat)
So‘roq ostida: Otavio (jarohat), Dias (jarohat)

«Olimpiakos»: Sa; Rafinya, Semedu, Sisse, Olebas; M'Vila, Buxalakis, Ranjyelovich, Valbuena, Masuras; El-Arabi
O‘ynamaydi: Kamara (betob), Ba (betob), Sudani (betob)

 «D» guruhi: Yana yirik hisob ko‘ramizmi?

Ushbu guruhning ikki favoriti dastlabki turdayoq o‘z so‘zini ayta oldi. «Atalanta» Daniyada «Mityulland»ni yirik hisobda (4:0) mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Liverpul» «Ayaks» maydonida minimal hisobda ustun keldi. Bu turda ham Italiya va Angliyada yirik hisobli natijalarni taxmin qilish mumkin. Zero, «Liverpul» va «Atalanta» ayni damda Daniya va Niderlandiya klubidan ancha salobatliroqdek ko‘rinmoqda.

 «D» guruhi

«Atalanta» - «Ayaks»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00
TV-translatsiya: UzReportTV

«Atalanta»: Sportello; Toloy, Romero, Jimshiti; Xatebur, Pashalich, Froyler, Gosens, A. Gomes; Sapata, Muriel
O‘ynamaydi: Kaldara (jarohat), Pichchini (jarohat)
So‘roq ostida: de Roon (jarohat)

«Ayaks»: Onana; Mazraui, Sxyurs, Brind, Talyafiko; Klassen, Gravenberx, Martines; Promes, Tadich, Traore
O‘ynamaydi: Kudus (jarohat), Xuntelaar (noma'lum)

«Liverpul» - «Mityulland»
O‘yin boshlanish vaqti:
01:00

«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, Fabino, Gomes, Roberson; Veynaldum, Milner; Jota, Firmino, Mane; Saloh
O‘ynamaydi: van Deyk (jarohat), Oksleyd-Chemberlen (jarohat), Tsimikas (jarohat)
So‘roq ostida: Alkantara (jarohat), Matip (jarohat), Keyta (sport formasida emas)

«Mityulland»: Andersen; Andersson, Svyatchenko, Shols, Paulino; Oniyeka, Kayuste, Dreyyer, Sisto, Mabil; Kaba
O‘ynamaydi: Riis (noma'lum)
So‘roq ostida: Xansen (jarohat), Brumado (noma'lum).

Top