20:03 / 31.10.2020
6503
Qozog‘istonda yuzlab kishilar siyosiy islohotlar o‘tkazishni talab qilib miting uyushtirdi

Miting yakuniga ko‘ra siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarish va mamlakatda aralash saylov tizimini joriy etish talablari bitilgan rezolyutsiya qabul qilindi.

Foto: RFE/RL

Almatida 500ga yaqin kishi Valixonov nomidagi maydonda to‘planib siyosiy islohotlar o‘tkazilishini talab qildi.

Miting yakuniga ko‘ra siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarish va mamlakatda aralash saylov tizimini joriy etish talablari bitilgan rezolyutsiya qabul qilindi.

"Mahalliy boshqaruvni joriy etish, fuqarolarga hokimlar, mahalliy darajadagi sudyalar, politsiya organlari rahbarlarini saylash huquqini berish. Erkin, adolatli saylovlarni ta'minlash, hokimiyatning vakolatli organlarini shakllantirish, partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish, maslahat va majlislar deputatlarini saylashda aralash saylov tizimiga qaytish talab qilinadi", - deyiladi rezolyutsiyada.

Miting ishtirokchilari shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan maslahatlarga oid qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar bekor qilinishini, barcha davlat xizmatchilari va sudyalarning daromad va xarajatlari ommaviy deklaratsiya qilinishini talab qilishdi.

Top