Bu haqida Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Toshkent shahri va Namangan viloyati adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli qarorlariga asosan notarius to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun 7 nafar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyalari to‘xtatilgan.
Xususan, Toshkent shahridan:
Mirzo Ulug‘bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Kalandarova Shoxida Atanazarovnaning (litsenziya TN № 0125, 04.05.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 5 noyabridan 3 oy muddatga;
Mirobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shodmanova Moxira Furqatovnaning (litsenziya TN № 0113, 29.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 5 noyabridan 3 oy muddatga;
Uchtepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius
Tashev Xabib Xakimovichning (litsenziya TN № 0060, 23.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 5 noyabridan 1 oy muddatga to‘xtatilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatidan:
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Raxmanov Xabibullo Nosirovichning (litsenziya NA № 0040, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 2 oy 15 kun muddatga;
Uychi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius
Xakimov Alimardon Sobitxojayevichning (litsenziya NA № 0032, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 2 oy muddatga;
Pop tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius
Azbekova Elnora Murotjonovnaning (litsenziya NA № 0036, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 2 oy muddatga;
Namangan shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Artiqov Abduraxim Abdurashidovichning (litsenziya NA № 0033, 21.04.2020 y.) litsenziyasi 2020 yilning 6 noyabridan 1 oy muddatga to‘xtatilgan.
Ta'kidlanishicha, shu kungacha Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 16 nafar notariusning litsenziyalari to‘xtatilgan.
Ma'lumotda litsenziyalarni to‘xtatib turishning aynan sabablari ko‘rsatilmagan.