«Notariuslar tomonidan nikoh şartnomalarini tasdiqlaş tartibi töğrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Nizomga köra, notariuslar tomonidan nikoh şartnomasi notarial idora binosida, videokonferensaloqa orqali yoki murojaat qiluvçilarning xohişiga köra sayyor tartibda rasmiylaştiriladi.
Murojaat qiluvçi şartnomani rasmiylaştiriş uçun notarial idoraga murojaat qiladi yoki YaIDXP (my.gov.uz) yoxud «E-notarius.uz» axborot portali orqali röyxatdan ötadi.
Notarius murojaat qiluvçining şaxsiga aniqlik kiritadi.
Şartnomani tasdiqlaşda notarius quyidagilarni aniqlaydi:
- taraflarning nikoh yoşiga yetganligini;
- taraflar örtasida nikoh tuzilgan yoki tuzilmaganligini;
- taraflardan birining boşqa şaxs bilan nikohi qayd etilmaganligini;
- ilgari şartnoma tuzilmaganligini.
Tölovlar amalga oşirilib, şartnoma loyihasi töliq tayyor bölgandan söng, taraflar şartnomani imzolaş uçun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Şartnomaning barça nusxalarini taraflar familiyasi, ismi va otasining ismini töliq yozib notarius iştirokida şaxsan imzolaydi.












