21:30 / 24.11.2020
2981

Dasturchilar xakatonining Andijondagi g‘oliblari ma'lum bo‘ldi

18–19 noyabr kunlari Andijon shahrida Hackathon4UnlimitedEducation xakatoni bo‘lib o‘tdi.

Xakaton – BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi (UNODC ROCA), Yosh tadbirkor, Yoshlar ishlari agentligi hamda IT park hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda hudud dasturchilari 24 soat ichida beto‘xtov ish olib borib, tundan tonggacha uchta asosiy yo‘nalish: zo‘ravonlik bilan kurash, ishsizlikni bartaraf etish va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha IT yechimlarni hay'at a'zolariga taqdim etdi.

Musobaqa natijasida aCode jamoasi o‘zining bolalar zo‘ravonligiga qarshi dasturi bilan g‘olib deb topildi va HP Omen noutbuklari bilan taqdirlandi.

2- va 3-o‘rinlarni mos ravishda iBlogs hamda EduZone jamoalari egalladi. Ularga tashkilotchilar tomonidan bepul biznes konsultantlar, akseleratsiya dasturlari va yillik ofis taqdim etildi.

Vodiy viloyatlari dasturchilari uchun o‘tkazilayotgan xakaton endilikda Namangan shahrida ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Marg‘ilonda xakaton g‘oliblari aniqlangan edi.

Top