Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yo‘lga yugurib chiqqan itdan qochgan haydovchi beton to‘siqqa urildi
Navoiy viloyati Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining “Karmana-Malikrabot” yo‘nalishi bo‘yicha 171-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Damas” rusumli avtomashinada harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, Karmana tumani, Malikrabot MFYda istiqomat qiluvchi A.B. rul boshqaruvini yo‘qotib qo‘yib, beton to‘siqqa urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda, avtomashina yo‘lovchisi, 1968 yilda tug‘ilgan, Karmana tumani, Do‘rmon MFYda yashovchi fuqaro S.S. umurtqa suyagi sinish jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
“Baxsiz hodisaning kelib chiqish sabablari o‘rganilganda, haydovchi yo‘lning qatnov qismiga to‘satdan yugurib chiqqan itni urib yubormaslikka harakat qilgani aniqlandi. Afsuski, yuqori tezlikda harakatlanib kelayotganligi bois, boshqaruvni yo‘qotib qo‘yib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:24
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026