20:30 / 03.12.2020
16532

Turkmaniston prezidenti giyohvand moddalarni yo‘q qilishda shaxsan ishtirok etdi (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov poytaxt Ashxoboddan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan giyohvand moddalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan yangi majmuani ochib berdi va giyohvand moddalarni yo‘q qilishda shaxsan ishtirok etdi.  

Foto: Videodan kadr

Turkmaniston davlat axborot agentligining ma'lum qilishicha, Xavfsizlik kengashi kotibi Charimirat Amanov mamlakat rahbariga yangi majmua va unda huquq-tartibot idoralari tomonidan maxsus amaliyot vaqtida musodara qilingan giyohvand moddalarni yoqishga tayyorlanayotgani haqida so‘zlab bergan.

Shundan keyin Berdimuhamedov va Xavfsizlik kengashi a'zolari maxsus pechda bir nechta o‘ram giyohvand moddalarni yoqib yuborishgan. Tadbir davomida umumiy hisobda 122,5 kgdan ko‘proq giyohvand modda yo‘q qilingan.

Ta'kidlanishicha, majmuada giyohvand moddalarni yo‘q qilish uchun uchta pech o‘rnatilgan bo‘lib, ularda ilg‘or texnologiyalar qo‘llangan va ular ekologiya hamda odamlar uchun xavfsiz hisoblanadi.

Top